AQShning American Airlines aviakompaniyasi Kubaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni ochdi. Ilgariroq bu ishni JetBlue aviakompaniyasi amalga oshirgan edi, deb eslatadi “TASS”.
Aytilishicha, American Airlines samolyotlari bir vaqtda Mayamidan Kubaning Syenfuegos va Olgin shaharlari aeroportlariga reyslarni amalga oshirdi.
Syenfuegos shahridagi Xayme Gonsales nomidagi aeroportga bortida 100 yo‘lovchisi bor A319 samolyoti qo‘ndi. U yerda yangi yo‘nalishlarning ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Reyslar, yuqoridagi shaharlardan tashqari, Santa-Klara va Kamagueyga ham qatnaydigan bo‘ldi.
Izoh (0)