Xitoyning Tencent telekommunikatsion giganti 1,99 trillion Gonkong dollari (256,6 milliard AQSh dollari) bozor kapitalizatsiyasi bilan Osiyoning eng qimmatbaho ochiq kompaniyasi deb tan olindi. Bu haqda, South China Morning Post nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, kompaniyaning qimmatbaho qog‘ozlari narxlari kutilmaganda ko‘tarilib ketishi natijasida qisqa muddatda shunday natija qayd qilindi. Natijada u 1,97 trillion Gonkong dollari (254 milliard AQSh dollari) ko‘rsatkichiga ega China Mobile aloqa operatoridan o‘zib ketdi.
5-sentabr kuni Tencent aksiyalari narxlari 4,16 foizga oshdi, ertasi kuni bunga yana 1,7 foiz qo‘shildi. Umumiy hisobda yil boshidan buyon 40 foizlik o‘sish kuzatildi.
Izoh (0)