Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining aytishicha, fuqarolar Yevropa Ittifoqining “ikki xil standartlari”ga guvoh bo‘lib, endilikda hukumatdan blokka qo‘shilish jarayonini to‘xtatishni talab qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Turkiya xalqi ularning ikki xil standartlarini ko‘rib turibdi”, — dedi u Sloveniyada.
“Biz muzokaralar jarayonini to‘xtatish borasida jiddiy bosim his etmoqdamiz”, — qo‘shimcha qildi vazir.
Chavusho‘g‘lining fikricha, blok qo‘shnilarini tanqid qila turib, o‘ziga nisbatan tanqidlarni qabul qilishdan bosh tortadi. Jumladan, rasmiy Anqara harbiy isyondan so‘ng Yevropa Ittifoqi tomonidan Turkiya hukumatini qo‘llovchi bayonot va tashriflar bo‘lmaganidan afsusda, ma’lum qildi vazir.
Izoh (0)