Mikrobloglar servisiga egalik qiluvchi Twitter kompaniyasi direktorlar kengashi o‘z biznesini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
8-sentabr kuni o‘tadigan yig‘ilishda kengash kompaniyani to‘liq yoki unga tegishli alohida servislarni, jumladan, Vine dasturini sotib yuborish masalasida bir to‘xtamga kelishi kutilmoqda.
Direktorlar kengashi Jek Dorsi bosh direktor etib tayinlanganidan buyon Twitter’da hech qanday ijobiy o‘zgarish ro‘y bermaganidan norozi.
Agar Twitter sotilsa, shartnoma qiymati 18 milliard dollarni tashkil etishi mumkin. Xaridorlar sirasida Alphabet korporatsiyasi, Apple kompaniyasi va 21st Century Fox xoldingi aytilmoqda.
Izoh (0)