Italiya sohil qo‘riqlash xizmati tomonidan o‘tkazilgan 23 ta operatsiya davomida 2,7 ming qochoq qutqarib qolindi. Bu haqda boshqarmaning rasmiy bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Nodavlat tashkilotlari bilan o‘tkazilgan qutqaruv operatsiyalari vaqtida 15 kishining jasadi aniqlandi.
2016-yil boshidan buyon dengiz orqali Italiya qirg‘oqlariga 155 ming qochoq kelgan, ularning aksariyati Afrika mamlakatlaridan.
Izoh (0)