Bobsley Pekin–2022 qishki Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan yettinchi sport turi bo‘ladi. Bu haqda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Pekin–2022 Paralimpiya o‘yinlari dasturi yettitadan ortiq sport turini o‘z ichiga olmaydi. Pxenchxan–2018 Paralimpiadasi dasturiga olti sport turi – tog‘ chang‘i sporti, biatlon, chang‘i poygasi, slej-xokkey, para-snoubord va aravachalarda kyorling o‘rin olgan.
Kelayotgan ikki mavsum davomida jahon Kubogi va jahon chempionatining olti bosqichida kamida 12 mamlakat vakillari ishtirok etsa, bobsley sport turi to‘liq ma’qullanadi.
Izoh (0)