Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bloomberg agentligiga bergan intervyusida 2018-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashishi borasida yagona qaror yo‘qligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Men saylovda qatnashishim ham, qatnashmasligim ham mumkin. Agar qatnashmasam, boshqa davlat rahbari, Rossiyaning boshqa prezidenti saylanadi, shunda fuqarolar kimga ovoz berishni o‘zlari hal qiladi”, — dedi Putin.
Bundan tashqari, u ayni paytda 2018-yildan keyin iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi.
“Shu bois bu haqda gapirishga mutlaqo erta. Bilasizmi, zamonaviy, tez o‘zgarayotgan dunyoda bu haqda gapirish shunchaki zararlidir. Ishlash kerak, oldimizga qo‘yganimiz reja va vazifalar amalga oshirilishiga erishish kerak, odamlarning turmush darajasi oshishiga, iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga, mamlakat mudofaa salohiyatini o‘stirishga erishish kerak. Bu vazifalarning hal bo‘lishi asnosida 2018-yilgi prezidentlik saylovlari kampaniyasini qanday tashkillashtirishni va unda kim ishtirok etishini o‘ylab ko‘ramiz. Hozircha o‘zim uchun hech narsani hal qilmadim”, — tushuntirdi RF rahbari.
Izoh (0)