Xitoyning Xanchjou shahrida G20 sammitining ochilishi arafasida mezbonlar va AQSh tomoni o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga keldi, deb xabar beradi Meduza.
AP’ga ko‘ra, AQSh prezidenti Barak Obama Xanchjouga uchib kelishi hamon ko‘ngilsizliklar boshlandi — uning samolyotiga trap taqdim etilmadi. Prezident gilamli yo‘ldan tusha olmay, boshqa yo‘l orqali samolyotdan tushishga majbur bo‘ldi.
Shundan so‘ng xitoylik amaldor amerikalik jurnalistlarga prezident yonida yurishni taqiqladi. AQSh delegatsiyasi vakili bunga qarshi chiqqanida amaldor bunga javoban: “Bu bizning mamlakat! Biz bizning aeroport!” — deb baqirdi.
Reuters’ning bildirishicha, Obama Xanchjou aeroportida sodir bo‘lgan voqeaga jiddiy munosabatda bo‘lmaslikni taklif qildi.
Izoh (0)