2016-yil boshida rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” nomli filmi katta ekranlarga chiqdi va kinoteatrlarni tomoshabinlarga to‘ldirib, katta shov-shuv ko‘tardi: mamlakatning eng katta kinosaroylari ko‘p yillardan beri tomoshabinlar bilan bu qadar to‘lmagan edi.
Tomoshabinlarning yuqori darajadagi qiziqishidan kelib chiqib, ko‘pchilik bu film o‘zbek kinematografiyasi tarixida misli ko‘rilmagan darajada daromad ko‘rishi haqida fikr bildira boshlagani hamonoq, videoqaroqchilar film disklarini bozorlarga chiqarib yubordi.
“Baron”dan avval Rustam Sa’diyevning “Sotqin”, “Panoh” nomli filmlari ham xuddi shu holga tushgan edi — videoqaroqchilar film disklarini bozorga chiqarib yuborishi oqibatida, film ijodkorlari moliyaviy jihatdan yetarlicha katta zarar ko‘rgan. Qayd etish joiz, Sa’diyev videoqaroqchilar nishonidagi yagona rejissor emas.
Jurnalist Feruz Muhammad maxsus so‘rovnoma o‘tkazib, faoliyati davomida videoqaroqchilardan kuygan rejissorlar ro‘yxatini tuzdi — ularning nisbatan muvaffaqiyatli filmlari namoyishi kinosaroylarda davom etayotgan bir vaqtda videoqaroqchilar bu filmlarning disklarini noqonuniy ravishda bozorlarga chiqarib yuborgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)