Air China aviakompaniyasining sobiq xodimasi In Linga nisbatan BMT qoshidagi XXR vakolatxonasini himoya qiluvchi Xitoy xalq-ozodlik armiyasi harbiylari hamda Xitoyning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi xodimlarining jo‘natmalari kontrabandasi ishi bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Bu haqda Nyu-York shtati Sharqiy prokuraturasi “TASS”ga ma’lum qildi.
Noqonuniy jo‘natmalar uchun ayol shaxsiy tartibda pul mukofoti olgan. In Linga nisbatan “Adolatga qarshilik qiluvchi kontrabanda jo‘natmalari va elektron qalloblik” bo‘yicha ham qo‘shimcha ayblov qo‘yildi. Prokuratura xitoylik ayol aviakompaniyaning Jon Kennedi (Nyu-York) hamda Nyuark Liberti (Nyu-Jersi) aeroportlaridagi vakolatxonalari orqali o‘z mansabini suiiste’mol qilgan deb hisoblamoqda.
Xitoylik ayol 2015-yilning avgust oyida gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinib, surishtiruv olib borish vaqtida ozodlikka chiqarilgan edi. In Lin kontrabanda bilan shug‘ullanishda davom etishdan tashqari, AQShda hamyurtiga nisbatan olib borilgan surishtiruv ishi vaqtida uning Nyu-Yorkdan samolyot bortida Xitoyga qochishiga yordam bergan. Xitoylik ayol 6-sentabr kuni Bruklin sudi oldida javob beradi.
Izoh (0)