Avstraliyada mahalliy huquq-tartibot organlari vakillari 4,3 metr uzunlikdagi ulkan timsohni tutdi. Mahalliy suv havzalaridan birida istiqomat qiluvchi jonivor fermerlarning chorvasini yeb ketayotgan edi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“U bu yerdagi odamlar uchun jiddiy tahdidga aylandi, ulkan shovshuga sabab bo‘ldi”, — dedi politsiya vakili Mett Filipp ABC News’ga bergan izohida.
Jonivor timsohlarga mo‘ljallangan maxsus muassasada saqlanadigan bo‘ldi.
Qo‘lga olingan jonivor ko‘rsatilgan videolavha mahalliy politsiya idorasining Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi.
Izoh (0)