KXDR ta’lim vaziri o‘rinbosari Kim Yen Ji yaqindagina qatl etildi. Bunday ma’lumot bilan Janubiy Koreya birlashish vazirligi vakili Chon Chjun Xi 31-avgust, chorshanba kuni chiqish qildi, deb “Ryonxap” agentligiga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
“Bizda ana shunday ma’lumot bor”, – deya ma’lum qildi Chon Chjun Xi. U bu borada qo‘shimcha ma’lumot berishdan bosh tortdi.
30-avgust, seshanba kuni Janubiy Koreyaning “Chunan ilbo” gazetasi KXDRda mamlakat rahbari Kim Chen In buyrug‘iga binoan ikki nafar yuqori mansabli amaldor qatl etilgani haqida ma’lum qilgandi. Ushbu holatlar bo‘yicha Shimoliy Koreya tomonidan hech qanday bayonot berilmagan.
Izoh (0)