Germaniyalik yevrokomissar Gyunter Ettingerning so‘zlariga qaraganda, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on prezidentligida Turkiya hech qachon Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi. Bu haqda, Bild nashriga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Bu masalani, aftidan, Erdo‘g‘ondan so‘ng muhokama qilish kerak bo‘ladi”, — dedi Ettinger.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mavjud vaziyatda Turkiyaning Yevroittifoq tarkibiga qo‘shilishi keyingi o‘n yillikdan erta sodir bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, Ettinger Turkiya Yevropa uchun strategik ahamiyatga molik hamkor bo‘lib qolishini, shu bois ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirib borish zarurligini ta’kidladi.
Izoh (0)