Marko van Basten yil oxirida Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Danni Blindning yordamchisi lavozimini tark etib, FIFAda ishlay boshlaydi. Bu haqda, Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Van Bastenning o‘zi faoliyatini Niderlandiya termasining Lyuksemburg jamoasiga qarshi 13-noyabrda o‘tadigan uchrashuviga qadar davom ettirishini bildirdi.
“O‘ylaymanki, FIFAda ishlash ulkan sharafdir, — dedi 51 yoshli sobiq futbolchi. — FIFA yangilanish va islohotlar ostonasida turibdi va mening futbol qoidalari, hakamlik va rivojlanish dasturi singari masalalardagi g‘oyalarimdan foydalanmoqchi. Men Blind bilan joriy yilning oxirgi saralash uchrashuviga qadar ishlab turishga rozi bo‘ldim”.
Izoh (0)