Neft 29-avgust, dushanba kuni 1 foizdan ortiqqa arzonlashgan bo‘lsa, 30-avgust, seshanba kuni dollar kursining pasayishi hisobiga yana qimmatlashmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
29-avgust, dushanba kuni dollar ikki hafta davomidagi maksimal qiymatga erishdi, bu esa boshqa valyutadan foydalanuvchi mamlakatlar uchun neftning qimmatlashishiga olib keldi.
Neftning Brent markasi oktabr fyucherslari narxi Londonning ICE Futures birjasida Toshkent vaqti bo‘yicha 10:00 da 0,3 foizga oshib, barreliga 49,41 dollarni tashkil etdi.
Nyu-York savdo birjasining elektron savdolarida WTI markali neftning oktabr oyi bitimlari uchun qiymati esa 0,4 foizga qimmatlashib, barreliga 47,17 dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)