Iroq OPEK davlatlarining neft qazib olish hajmlarini muzlatib qo‘yish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda, mamlakat bosh vaziri Haydar al-Abadiyning bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Neft karteli a’zolari bo‘lmish mamlakatlar 26–28-sentabr kunlari Jazoirda Xalqaro energetik forum doirasida uchrashuv o‘tkazadi. Unda yuqoridagi masala ko‘rib chiqiladi. Iroq — OPEKning neft qazib olish hajmlari bo‘yicha ikkinchi davlati — shu paytga qadar bu borada aniq to‘xtamga kelmayotgan edi.
Bir muddat ilgari Iroq neft vaziri mamlakat OPEKning boshqa davlatlari bilan birga neft narxini qo‘llab-quvvatlashda faol o‘rin tutishga qaror qilganini bildirgan edi.
Izoh (0)