Primorye “Layonrok” hujumini qaytarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kuchli to‘fon Rossiya sohillariga bir necha soatdan so‘ng yetib keladi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”.
U uch kungacha avj olishi ma’lum qilinmoqda. Buyuk Pyotr ko‘rfazida besh metrgacha balandlikdagi to‘lqinlar po‘rtanasi, suv sathining ko‘tarilishi va mahalliy daryolarning qirg‘oqlaridan toshishi kutilmoqda.
Rossiya FVVning barcha kuch va vositalari, shuningdek, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari yuqori shaylik holatiga keltirilgan, tezkor guruhlar tashkil etilgan.
Aholi punktlariga oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori vositalarining zaxiralari yetkazilgan.
Sinoptiklar “Layonrok” to‘fonini o‘ta kuchli sifatida baholab, u kuchini oshirishda davom etayotganligi haqida ogohlantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Xonsyu oroliga “Layonrok” to‘foni yaqinlashayotgani sababli Keniyadagi tashrifini qisqartirishi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)