Turkiya janubi-sharqidagi Shirnak viloyatining Jizra shahrida joylashgan politsiya nazorat-o‘tkazish punktida 26-avgust, juma kuni portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Turkiyaning CNN telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Portlash oqibatida sakkiz nafar politsiya xodimi qurbon bo‘ldi, yana 45 nafari jarohat oldi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, portlovchi moddalar joylangan avtomobil portlab ketgan. Shuningdek, nazorat-o‘tkazish punkti joylashgan binoga jiddiy shikast yetganligi ma’lum qilinmoqda.
Turkiyaning Shirnak viloyati Suriya va Iroq bilan chegaradosh bo‘lib, u yerda kurd aholisi ham istiqomat qiladi.
Izoh (0)