Janubiy Koreyaning Lotte Group kompaniyasi vitse-prezidenti Li In-von o‘lik holda topildi. Kompaniya top-menejer vafot etganini tasdiqladi, ammo sabablarini ma’lum qilmadi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Ryonxap” agentligining ma’lum qilishicha, Li In-von Suel ko‘chalarida o‘z joniga qasd qilgan. Uning mashinasida oilasi va kompaniya rahbariyatiga murojaat qilingan xat qoldirilgan. Li 26-avgus kuni Lotte Group’dagi firibgarlik ishi yuzasidan so‘roq qilinishi kerak edi.Xabarda qayd etilishicha, Li o‘lim oldi xatida unga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar haqiqatdan yiroq ekanini bildirgan. Marhum tadribkor 69 yoshda edi.
Izoh (0)