Nigeriya va unga qo‘shni mamlakatlarda amal qiluvchi “Boko Haram” ekstremistik guruhi 2016-yilning boshidan buyon teraktlarni sodir etishda 38 nafar boladan xudkush sifatida foydalandi. Bu haqda BMT Bolalar jamg‘armasining 25-avgust, payshanba kuni chop etilgan hisobotida so‘z yuritiladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Tashkilotning baho berishicha, yil boshidan buyon 38 nafar boladan Chad ko‘li havzasi hududida hujumlar uyushtirish uchun xudkush sifatida foydalanilgan. 2014-yildan beri xudkush sifatida foydalanilgan bolalarning soni esa 86 nafarga yetgan.
BMT Bolalar jamg‘armasining ma’lum qilishicha, jangarilar bozorlar va odamlar to‘planadigan boshqa joylarda terakt sodir etish uchun yuboradigan voyaga yetmaganlar soni 11 martaga ortgan. Ularning soni 2014-yilda to‘rt nafarni tashkil etgani holda 2015-yilda 44 nafarga yetdi.
Huquq himoyachilarining ma’lumotlariga qaraganda, 2014-yildan buyon “Boko Haram” 2 mingga yaqin ayol va qizlarni o‘g‘irlab ketgan.
Izoh (0)