Pokiston janubi-g‘arbida ro‘y bergan otishmada olti kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea Bilujiston viloyatida sodir bo‘ldi. Noma’lum shaxslar mamlakat qurolli kuchlari avtomobilini o‘qqa tutdi. Halok bo‘lganlarning besh nafari harbiylar, bir nafari esa davlat amaldoridir.
Izoh (0)