Koreya Respublikasida vaboga yo‘liqish bilan bog‘liq ikkinchi holat qayd etildi. Mamlakat janubidagi Kyonsan-Namdo provinsiyasida 73 yoshli ayol vaboga chalingani aniqlandi, deb xabar beradi “TASS”.
Xastalikka yo‘liqish sababi sifatsiz dengiz mahsulotlarining iste’mol qilinishi ekanligi aytilmoqda.
Bir muddat ilgari Janubiy Koreyada 15 yildan buyon birinchi marta vaboga yo‘liqish holati qayd qilingani ma’lum bo‘ldi. Vaboga yo‘liqqan 59 yoshli odam joriy yilda chet elga chiqmagani aytilmoqda.
Izoh (0)