Air India aviakompaniyasining AQShga parvoz qilayotgan yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonga shoshilinch qo‘ndi. Bu haqda India Today nashri ma’lumotiga tayanib, Kazakhstan Today xabar bermoqda.
25-avgust tonggi 8:00 atrofida Air India kompaniyasining bortida 300 ga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan, Mumbaydan Nyuarkka uchayotgan reysi Qozog‘istonning xalqaro aeroportlaridan biriga qo‘ndi.
Nashrning ma’lum qilishicha, samolyotning signalizatsiyasi ishga tushgandan so‘ng Boeing-777-300 ER Qozog‘istonga yo‘naltirilgan. Bunga ba’zi texnik nosozliklar sabab bo‘lgan.
Hodisadan biroz vaqt o‘tib, aviakompaniya yo‘lovchilarni belgilangan punktga yetkazish uchun qo‘nish joyiga yana bir samolyotni yubordi.
Hozirda mutaxassislar havo kemasini o‘rganmoqda. Barcha yo‘lovchilar xavf-xatardan xoli.
Izoh (0)