Yaponiyaning Tiba prefekturasida joylashgan marosimlar byurosi mutaxassislari marhumlarning xabarlarini “tutib olish” imkonini beruvchi Spot message dasturini yaratdi. Bu haqda The Japan Times ma’lumotiga tayanib, TJournal xabar bermoqda.
Vafot etgan odamdan u hayotligida yozib olingan xabarni olish uchun smartfon bilan qabriston yoki o‘sha inson uchun qadrli bo‘lgan joyga borish yetarli bo‘ladi. Istalgan foydalanuvchi o‘z yaqinlari yoki do‘stlari uchun o‘zining o‘limidan keyin ko‘rish mumkin bo‘ladigan mediafayllar to‘plamini yaratishi mumkin.
Yozib olingan tasvirlar haqiqiy manzara fonida, kamera qurilmasi yoqilgandan keyin aks etadi.
Dasturni yaratgan kompaniya prezidenti Yesiyuki Katori vafot etgan insonlarning hayoti haqidagi xotiralarni saqlab qolish bilan bog‘liq azaliy orzusini amalga oshirganligini tan oldi.
Hozirda dasturni Android’dan yuklab olish va tekinga o‘nta xabarni yaratish imkoniyatini qo‘lga kiritish mumkin.
Izoh (0)