Turkiya Rossiya, AQSh va Eronni Suriya shimolida operatsiya boshlaganidan ogohlantirdi. Bu haqda, Al Jazeera telekanaliga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Albatta, butun dunyo hamjamiyati bu operatsiya haqida ma’lumotga ega”, — dedi Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘mon Qurtulmush.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on harbiy operatsiya mamlakatni terrorchilar hujumidan himoya qilish maqsadida amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)