Moskva shahri markazidagi “Sitibank” bo‘limi noma’lum erkak tomonidan garovga olindi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, erkak ko‘rinishidan 55–60 yoshlar atrofida. U hech qanday talablar ilgari surmagan, lekin o‘zini portlatish bilan tahdid qilgan. Uning bo‘ynida portlovchi uskunaga o‘xshash quti osilib turgani aytilmoqda.
Garovga olingan ayollardan biri qo‘yib yuborildi. Politsiya voqea joyiga yo‘l oldi.
Izoh (0)