Finlyandiyaning Oulu shahrida xayoliy gitarani chalish bo‘yicha 21-jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
O‘tgan yili musobaqa g‘olibi deb Rossiya vakili Kirill Blyumenkrans tan olingan edi. Joriy yilda u o‘z unvonini himoya qilishga urinadi.
Ouluga jami 12 mamlakatdan 24 ishtirokchi tashrif buyurdi. Eng keksa ishtirokchi — kanadalik mister Bob 25-avgust, kvalifikatsiya kuni 73 yoshga to‘ladi.
Eng yaxshi ko‘rsatkich egalari 26-avgust kuni final bosqichida kuch sinashadi. Final ishtirokchilari har biri 60 sekund davom etadigan ikki kompozitsiyaning chalinishini xayoliy gitarada ko‘rsatib berishi lozim. Birinchi musiqani ishtirokchining o‘zi tanlaydi, ikkinchisini esa jyuri a’zolari belgilaydi.
Musobaqa g‘olibiga finlyandiyalik ustalar tomonidan yasalgan haqiqiy gitara sovg‘a qilinadi.
Izoh (0)