Isroil Harbiy-havo kuchlari Suriya tomonidan mamlakat hududiga artilleriya zarbasi berilganligiga javoban Suriya hukumat armiyasining raketa uchirish uchun boshlang‘ich pozitsiyasiga hujum uyushtirdi. Bu haqda 23-avgust, seshanba kuni The Jerusalem Post nashri ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Gazetada ma’lum qilinishicha, artilleriya zarbasi oqibatida hech kim jabrlanmagan, vayronagarchiliklar yo‘q.
Isroil mudofaa armiyasi o‘qqa tutish Suriyadagi ichki mojaroning tasodifiy hodisasi bo‘lsa ham Suriya tomonidan Isroil hududiga berilgan har qanday zarba uchun Suriya hukumati javobgar bo‘lishini ma’lum qildi.
Bu kabi hodisalar Suriyada mojaro boshlangan 2011-yildan buyon bir necha marta yuz berganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)