Avstriyaning Austrian Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing yo‘lovchi samolyoti hojatxonadagi nosozlik tufayli Moskvaning ““Domodedovo” aeroportida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “RBK” ma’lum qilmoqda.
Aytilishicha, havo kemasining hojatxonasi texnik ta’mirga muhtoj bo‘lgan. Zaruriy ishlar amalga oshirilgach, samolyot parvozini davom ettirgan.
Samolyot Pekin–Vena reysini amalga oshirayotgan edi.
Izoh (0)