O‘zbekistonlik erkin kurashchi Ixtiyor Navro‘zov Rio—2016 Olimpiadasining bronza medali uchun mo‘g‘ulistonlik Ganzorigiyn Mandaxnaranga qarshi gilamga chiqdi.
Mo‘g‘ulistonlik sportchi 7:6 hisobida oldinda borayotgan bir paytda, aniqrog‘i, kurash yakuniga 5 soniya qolganida u Ixtiyor Navro‘zdan qocha boshladi va buning oqibatida o‘zbekistonlik kurashchiga 1 ochko berildi. So‘nggi ochko ustunligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchi yakunda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Turnirdagi ishtirokini 1/8 finaldan boshlagan Ixtiyor Navro‘zov birinchi bo‘lib bahraynlik Adam Batirovni turnirdan chiqarib yuborgan bo‘lsa, chorak finalda puerto-rikolik Franklin Gomesni mag‘lub etgandi.
Yarim finalda u rossiyalik Soslan Ramonovga qarshi kurashda imkoniyatni boy berdi. Va shu tariqa bronza medali uchun kurash olib boradigan bo‘lgandi.
Izoh (0)