Oliy Liga. Milliy terma jamoaga eng ko‘p futbolchi olingan amaldagi chempion “Paxtakor” yana yutqazib qo‘ydi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 19-turiga kelib mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor” mavsumdagi oltinchi mag‘lubiyatini tan oldi.
Qarshida “Nasaf” mehmoni bo‘lgan “paxtakorchilar” 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mag‘lubiyat “Paxtakor”ni turnir jadvalida 7-o‘ringa tushirib yubordi.
“Andijon” klubi 19-turga kelib mavsumdagi ilk safar g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar mehmonda to‘p surgan andijonlik futbolchilar birorta o‘yinda durang ham qayd etmasdan, hammasida imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)