Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Mamajonov amerikalik Meyson Menardga qarshi jangda nokautga uchradi, deb xabar berdi “Olamsport”.
Mamajonov bir necha yildan buyon AQShning Xyuston shahrida yashab, boks faoliyatini shu yerda davom ettirayotgani ma’lum qilingan.
Meyson Menardga qarshi jang uning uchun professional boksdagi yigirma ikkinchisi edi. Bunga qadar 19 ta jangda zafar quchgan Mamajonov (shularning 11 tasi nokaut bilan), 2 tasida raqiblaridan yengilgandi.
O‘zbekistonlik sportchining raqibi Meyson Menard esa o‘zi o‘tkazgan 32 ta jangning 31 tasida zafar quchgan bo‘lib (shularning 23 tasida nokaut bilan), faqatgina 1 marotaba imkoniyatni boy bergandi.
Har ikki sportchining o‘zaro jangi 10 raund davom etishi belgilab qo‘yilgandi. 9-raundga kelib Bahodir Mamajonovga nisbatan referi hisobni ochdi va natijada jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)