Rio–2016 Olimpiadasida yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan slalom bo‘yicha Germaniya olimpiya terma jamoasi murabbiyi Shtefan Xensening organlari to‘rt kishining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda “1news.az” xabar bermoqda.
Noxush hodisa o‘tgan hafta sodir bo‘ldi. Taksida ketayotgan Shtefan Xense jiddiy avtohalokatga uchradi va boshidan jarohat oldi. Shifokorlar 35 yoshli Xenseni operatsiya qildi, ammo uning ahvoli yaxshilanmadi. 15-avgust kuni u hayotdan ko‘z yumdi.
Rio-de-Janeyro shtatining sog‘liqni saqlash organlari Shtefan Xense yurak, jigar va ikkita buyrak donori bo‘lganini ma’lum qildi. Bu to‘rt kishining jonini saqlab qoldi.
Slalom bo‘yicha Germaniya olimpiya terma jamoasiga murabbiylik qilgan Shtefan Xense 2004-yili Afinada bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari juftlik kanoe bahslarida kumush medal sovrindori bo‘lgan.
Izoh (0)