O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2016-yil, 12-avgustdagi buyrug‘i bilan adliya katta maslahatchisi Botir Qudratxo‘jayev 5 yil muddatga Toshkent shahri prokurori etib tayinlandi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
Botir Qudratxo‘jayev shu paytgacha Surxondaryo viloyati prokurori bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtning avvalgi prokurori Mirzohid Obidov mart oyida Toshkent shahar hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Izoh (0)