Vazirlar Mahkamasining 11-avgustdagi qarori (pdf) bilan 2016—2018-yillarda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Norma.
Dastur o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari, shuningdek, qurilish materiallarini ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, yangidan barpo etish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
- xizmatlar ko‘rsatish sohasi va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni barqaror rivojlantirish loyihalari manzilli ro‘yxati;
- qishloq xo‘jaligi sohasining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar va boshqalar.
Izoh (0)