Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor sifatida ishlab kelgan Alisher Hayitboyev Farg‘ona davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda FarDUdan “Daryo”ga ma’lum qilishdi.
Alisher Hayitboyev Farg‘ona davlat universiteti rektori lavozimida Shuhratjon Toshmatov o‘rnini egalladi.
O‘zMU rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, kimyo fanlari nomzodi hisoblangan Alisher Hayitboyev 2015-yilda 15-may kuni Milliy universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori etib tayinlangan edi. U 1992-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ni tamomlagan.
Bungacha u universitetning Kimyo fakulteti dekani (2013—2015-yillar), Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi mudiri (2012—2013), Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi (2010—2012), shuningdek, qator ta’lim muassasalarida o‘qituvchi, Bioorganik kimyo institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat olib borgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)