Amerikalik milliarder Uorren Baffetning Berkshire Hathaway investitsion kompaniyasi ikkinchi chorakda Apple Inc. aksiyalari paketini 55 foiz — 15,23 millionga oshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
MarketWatch’ning qayd etishicha, Apple kapitalizatsiyasi ushbu uch oy ichida 12 foizga pasaygan.
Berkshire Hathaway aprel—iyun oylarida Wal-Mart Stores Inc. aksiyalarini sotib, ularning o‘z investportfelidagi sonini 55,2 milliondan 40,2 million qimmatli qog‘ozgacha kamaytirdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va boshqa texnikalarni ishlab chiqaruvchi Deere & Co. qog‘ozlarini 23,28 milliondan 21,96 milliongacha qisqartirdi.
Investitsion kompaniya neft ishlab chiqaruvchi Phillips 66 aksiyalarini xarid qilib, ularning miqdorini 75,6 milliondan 78,8 milliongacha oshirdi.
Asoschisi investor va milliarder Jorj Soros bo‘lgan Soros Fund Management ikkinchi chorakda Apple’ning unga tegishli bo‘lgan barcha aksiyalarini (3,1 mingta qog‘oz) sotdi. Milliarder Devid Eynxornning Greenlight Capital jamg‘armasi joriy chorakda Apple paketlarining 16 foizi — 6,855 million aksiyasini sotdi.
Izoh (0)