Tailand politsiyasi 16-avgust, seshanba kuni qirollik kurortlaridagi bir qator portlashlarni tashkil etishda gumonlanayotganlardan biri haqidagi ma’lumotlarni oshkor etdi. Bu ma’lumotlar radikal separatistlarning ushbu hujumga aloqadorligini ko‘rsatadi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Huquqni muhofaza qilish organlari Pxuket orolidagi savdo markazlaridan biriga yonuvchi bombani joylashtirgan erkakni qidirmoqda. Bomba politsiya va qo‘riqchilar tomonidan o‘z vaqtida zararsizlantirilgan.
Politsiya vakilining ma’lum qilishicha, DNK ekspertizasi yordamida gumonlanuvchining shaxsi aniqlangan. Uning ismi oshkor etilmadi. Biroq uning 2004-yildan buyon Naratxivat provinsiyasidagi turli hodisalarga aloqador ekanligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)