Rossiyada 12 yoshli qiz Rostov viloyatining Salskiy tumanida kelib chiqqan yong‘inda to‘rt nafar bolani qutqargani uchun “Yong‘indagi jasorat uchun” medali bilan mukofotlanadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yong‘in xususiy uyda elektr hisoblagichdan kelib chiqqan edi. Voqea joyiga qutqaruvchilarning ikki otryadi yo‘llandi. Ular yetib kelgan paytda olov oshxonani qamrab olgan edi. Yong‘in 30 kvadrat metr maydonni egalladi.
Qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar 12 yoshli qiz uy ichidan to‘rt bolani olib chiqdi. Ularning eng kattasi 9, eng kichigi esa 1 yoshda edi.
Izoh (0)