16-avgust kuni “O‘zbekiston” sport majmuasida futzal bo‘yicha JCh—2016 bellashuvlariga hozirlik ko‘rayotgan ikki mamlakat termalari ishtirokidagi birinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘istondagi yig‘inni yakunlab, mamlakat futzal terma jamoasiga har ikki o‘yinda ham imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon bilan Toshkentda 3:3 hisobida durang o‘ynadi. 17-avgust kuni tomonlar ikkinchi nazorat o‘yini doirasida maydonga tushadi.
O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2016 ning “A” guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalariga qarshi kurash olib borsa, ozarbayjonlik futzalchilar “F” guruhida Eron, Ispaniya va Marokash bilan kuch sinashadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi 16-avgust, seshanba “O‘zbekiston” sport majmuasi
Izoh (0)