Taxminan 2500 yil muqaddam qurilgan antik saroy qoldiqlari Ozarbayjonning Shamkir tumanidagi Garajamirli qishlog‘i yaqinidagi qazishmalar paytida ochildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Manzilgohda ishlayotgan Ozarbayjon-Germaniya arxeologik ekspeditsiyasining taxminiga ko‘ra, miloddan avvalgi 550–330-yillarda ushbu hududda qadimda shahar tipidagi aholijoy mavjud bo‘lgan. Arxeologlar uni Ahamoniylar imperiyasining poytaxtlari — Pasargada va Persepol shaharlari bilan qiyoslamoqda. U hatto Ahamoniylarning ma’muriy markazlaridan biri bo‘lgani aytilmoqda.
Xalqaro ekspeditsiya manzilgohning bir necha uchastkasida qazishma ishlarini olib bordi, buning natijasida bir qator yirik binolar va diniy inshootlar ochildi. Shahar 20 gektar hududni egallagan bo‘lib, u devor bilan o‘ralgan.
Izoh (0)