BMTning Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan 16-avgust kuni Global Innovation Index reytingi hozirlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Indeksga ko‘ra, dunyoning eng innovatsion mamlakati deb, 2015-yildagi kabi, Shveysariya tanlandi. Undan keyingi o‘rinlarni Shvetsiya va Buyuk Britaniya egalladi. Kuchli beshlikka, shuningdek, Finlyandiya va Singapur kirdi.
Ekspertlar joriy yilda 25-o‘ringa munosib ko‘rilgan Xitoyning yutuqlarini alohida ta’kidladi. Aytilishicha, birinchi marta aholi jon boshiga daromad o‘rta darajada bo‘lgan davlat yuqori rivojlangan iqtisodiyotlar qatoriga qo‘shilishi.
WIPO vakillarining bildirishicha, 2009-yilgi moliyaviy inqirozdan so‘ng tadqiqot va ishlanmalarga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi yiliga 7 foizdan 4 foizgacha tushib ketdi, bu esa dunyoning innovatsion rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.
Izoh (0)