BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Yaman shimolidagi maktablardan biriga qaratilgan aviahujumni keskin qoraladi. Aviahujum oqibatida kamida 10 bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
BMT bosh kotibi yozma ravishda mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilishiga ko‘rsatma berdi va mojaro ishtirokchilarini xalqaro gumanitar huquqlarni hurmat qilishga chaqirdi.
“Bosh kotib Yaman shimolidagi Sa’da viloyati hududida joylashgan maktabga qaratilgan va 13-avgust kuni sodir etilgan aviahujumni keskin qoraladi. Hujum oqibatida kamida 10 nafar bola halok bo‘ldi, ko‘pchilik jarohat oldi”, – deyiladi bosh kotibning devonxonasi xabarida.
2015-yilning mart oyidan buyon Saudiya Arabistoni bir qator arab mamlakatlarining qo‘llab-quvvatlashi yordamida “Ansarulloh” xusiylar harakatiga qarshi aviahujumlar o‘tkazmoqda. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yildan buyon Yamanda 785 nafar bola o‘ldirildi. Mingdan ortiq bola yaralandi.
Izoh (0)