Yamal-Nenets avtonom okrugida neft-gaz sanoati kompaniyalarida tibbiy ko‘riklar va Sibir kuydirgisiga qarshi emlash boshlandi. Bu haqda hudud gubernatori matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Okrug hududida joylashgan neft-gaz sanoati kompaniyalarida tibbiy ko‘riklar kuchaytirilib, xodimlar o‘rtasida Sibir kuydirgisi bo‘yicha karantin bilan bog‘liq taqiq va cheklovlar haqida tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda, shuningdek, xodimlar emlanmoqda. Tadbir oldini olish chorasi sifatida o‘tkazilmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Tub aholi va tahdid ostida bo‘lgan mutaxassislar, jumladan, karantin hududidagi reabilitatsiya tadbirlariga jalb etilgan mutaxassislar orasida to‘rt mingdan ortiq kishi emlanganligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, Yamal-Nenets avtonom okrugida Sibir kuydirgisi tufayli 25-iyul kuni karantin e’lon qilingan edi.
Izoh (0)