Nyu-Yorkning Kennedi nomidagi aeroportda dastlabki surishtiruv davomida avvalroq ma’lum qilingan otishma haqidagi xabarlarni tasdiqlovchi hech qanday dalillar topilmadi. Bu haqda aeroport operatori ma’lumotiga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Shuningdek, Nyu-York va Nyu-Jersi Port boshqarmasi aeroportda gilzalar yoki o‘q uzilganligining boshqa izlari topilmaganligini Twitter’da ma’lum qilgan. Unda evakuatsiya ehtiyotkorlik yuzasidan amalga oshirilganligi ta’kidlandi.
Nyu-York politsiyasi Twitter’ida ma’lum qilinishicha, aeroport terminallarida tintuv o‘tkazish oqibatida hech narsa topilmagan. Yaqin vaqt ichida barcha terminallar o‘z ishini qayta tiklaydi.
15-avgust tongida Nyu-York rasmiylari Kennedi nomidagi aeroportning sakkizinchi terminalidan odamlarni evakuatsiya qildi. Bunga yo‘lovchilarning otishma haqida xabar berganligi sabab bo‘ldi.
Izoh (0)