Buyuk Britaniya hukumati 2020-yilga qadar Yevroittifoq mablag‘lari hisobidan ishlayotgan ilm-fan, qishloq xo‘jaligi va infrastruktura yo‘nalishlaridagi loyihalarni moliyalashtirishga va’da berdi. Bu ish mamlakat Yevropa Ittifoqini tark etgan taqdirda ham davom ettiriladi, deb ma’lum qilmoqda “Interfaks”.
Mamlakat moliya vaziri Filip Xemmondning ma’lum qilishicha, bu yo‘nalishga yiliga 4,5 milliard funt sterling (5,8 milliard dollar) ajratiladi.
Qirollik ilmiy jamiyati ushbu yangilikka ijobiy munosabat bildirdi, ammo moliyalashtirish muddatini uzaytirish bir qator uzoq istiqbolli loyihalar uchun zarur bo‘lishi mumkinligini e’tirof etdi.
Izoh (0)