Rossiya huquq-tartibot organlari Kabardin-Bolqor respublikasida jinoiy guruh yetakchilaridan birini yo‘q qildi. Bu haqda 14-avgust kuni Milliy aksilterror qo‘mitasi bayonotiga iqtibos keltirgan holda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Yo‘q qilingan jinoyatchining ismi-sharifi — Xizir Lixov. U “Kavkaz” federal trassasida navbatchilik qilayotgan tezkor naryad xodimlariga hujum qilgan paytda o‘qqa tutib o‘ldirildi.
Voqea joyidan to‘pponcha, granata va o‘q-dori topildi, deyiladi qo‘mita bayonotida.
Tinch fuqarolar va huquq-tartibot xodimlari orasida qurbonlar yo‘q.
Izoh (0)