AQShda, Meksika ko‘rfazi sohilidagi kuchli yog‘ingarchilik tufayli Luiziananing ayrim hududlarida kelib chiqqan toshqinlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga qaraganda, toshqinlar janubi-sharqiy Texasda 14-avgustgacha davom etadi.
Ayrim tumanlarda yog‘ingarchilik 500 millimetrni tashkil qildi.
Luizianada ming kishi evakuatsiya qilindi. Gubernator favqulodda holat e’lon qildi.
Izoh (0)