Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qrimning Simferopol shahri Kiyev tuman sudi 13-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yopiq eshituvda respublikada teraktlar tayyorlashda ayblanayotgan Andrey Zaxteyni hibsga olish haqida qaror chiqardi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

Bir kun muqaddam Ukrainaning Zaporojye viloyatida istiqomat qiluvchi Yevgeniy Panov hibsga olingan edi. Rossiya TIV bayonotida Zaxtey Panov bilan bir qatorda teraktlarga aloqadorlikda gumonlanib ushlanganlar orasida tilga olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 10-avgust kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati 6–8-avgust kunlari Ukraina razvedkasi rejalashtirgan bir qator teraktlar va diversiyalarning oldi olingani, ko‘plab jangarilar qo‘lga olingani, yarim orolda Qrim foydasiga ishlayotgan agentlik tarmog‘i fosh etilganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni tez orada bu ayblovlarni inkor etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?