12-avgust kuni Rio—2016 Olimpiadasining 100 metrga batterflyay usulda suzish musobaqasida amerikalik Maykl Felps ikkinchi natijani qayd etdi.
Birinchi o‘rin singapurlik Jozef Skulingga nasib qilganidan keyin, uning 8 yil oldin tushgan surati ijtimoiy tarmoqda mashhur bo‘lib ketdi. Gap shundaki, Skuling o‘sha vaqtda 13 yoshda bo‘lib, Felpsni o‘ziga kumir deb bilardi. U o‘zining 21 yoshiga kelib, 31 yoshli Felpsdan o‘zib ketib, Olimpiadaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi, deb xabar bergan “Olamsport”.
Singapur Milliy Olimpiya Qo‘mitasi Jozef Skulingning bu muvaffaqiyatini munosib rag‘batlantirishga qaror qildi va unga 1 million AQSh dollari miqdorida mukofot puli ajratdi.
Izoh (0)